Rossiya. SSKA "Real"dan oldin Afonin jamoasi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2018
Rossiya premer-ligasining 9-turidan o'rin olgan birinchi o'yinda "Orenburg" o'z uyida SSKAni qabul qiladi.

Vladimir Fedotov shogirdlari 11 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. "Armiyachilar"ning natijasi 13 ochko va beshinchi o'rin.

"Orenburg" o'tgan turda "Axmat" bilan safarda durang o'ynadi (1:1). Jamoa safida o'zbekistonlik Vadim Afonin yagona golni urdi. Bu haftada "Orenburg" Rossiya kubogida Barnaulda "Dinamo" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Artyom Galadjan va Andrey Kozlov to'p kiritishdi.

SSKA 8-turda Moskva derbisida "Spartak" bilan durang qayd etdi (1:1). Keyingi haftada Goncharenko shogirdlari YCHL 2-turida "Real"ni qabul qiladi.

Bu ikki klub premer-ligada ikki bor to'qnash kelishgan. Ikkala bahsda ham SSKA gol o'tkazmay g'olib bo'lgan.

Oldingi o'yinlar:
07.08.2016. "Orenburg" - SSKA - 0:1 (Eremenko)
30.11.2016. SSKA - "Orenburg" - 2:0 (Natxo, Ignashevich)



ORENBURG - SSKA
28 sentyabr. Orenburg. "Gazovik" stadioni. 19:30 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam 
- Vladislav Bezborodov (S.Peterburg).
Translyatsiya - "MATCH Premer".

Taxminiy tarkiblar:

"Orenburg"
: Frolov, Malyx, Andreev, Begich, Oyevole, Terexov, Popovich, Vadim Afonin, Chirkin, Sutormin, Kozlov.

SSKA: Akinfeev, Fernandes, Bekao, Chernov, Nababkin, Efremov, Vlashich, Oblyakov, Biyol, Dzagoev, Chalov.




9-tur
28 sentyabr

ORENBURG - SSKA

29 sentyabr
URAL - ARSENAL
UFA - ENISEY
LOKOMOTIV - AXMAT

30 sentyabr
ANJI - ZENIT
KRASNODAR - DINAMO
SPARTAK - ROSTOV

1 oktyabr
RUBIN - KRILYA SOVETOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia