Rossiya chempionatining navbatdagi tur bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Eldor Akmurzayev
26 noya 2020
Kecha, jahon futboli afsonasi Diego Maradona 60 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Shu tufayli RPL va MFLning navbatdagi tur bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Premer-Liga 16-turi 28-29 noyabrga belgilangan, Milliy futbol ligasining 25-turi esa 29 noyabrda o'tkaziladi.

Avvalroq, Chempionlar Ligasi doirasida kecha bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ham Maradona xotirasi yodga olingandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru