Rossiya chempionati. “Spartak” “Zenit”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 01:18
RPFLning 23-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “Spartak” o'z maydonida “Zenit”dan (2:1) ustun keldi va chempionlik sari dadil qadam tashladi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Promes hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib Dzyuba muvozanatni tikladi -1:1. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Promesning pasidan keyin Samedov “Zenit” darvozasini ishg'ol etdi -2:1.

Ushbu g'alabadan keyin “Spartak” turnir jadvalida SSKAdan 10 ochko, “Zenit”dan 11 ochkoga ilgarilab ketdi.

Moskvaliklar so'nggi marta “Zenit”ni 2013 yilda (4:2) mag'lub etishgandi. Shundan keyin “Spartak” Zenit”ga qarshi o'tkazilgan beshta uchrashuvning ikkitasida mag'lub bo'lgan, uchtasida durang qayd etgan edi.

Rossiya chempionati.

23- tur.

Spartak – Zenit 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 21 Promes, 1:1 – 66 Dzyuba, 2:1 – 80 Samedov.

Spartak – Rebrov, Eshhenko, Tashchi, Djikiya, Kombarov, Glushakov, Fernando, Zobnin, Popov (Melgarexo, 74), Promes, Ananidze (Samedov, 61).

Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Netu, Krishito, Ernani (Shatov, 46), Yusupov (Maurisio, 79), Kokorin, Juliano (Djordjevich, 89), Danni, Dzyuba.

Ogohlantirish: Promes (85).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia