Rossiya bilan o'yin uchun Bosniya terma jamoasi qancha pul ishlab olishi ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2022
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi shu yil noyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida Rossiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bosniyaliklar ushbu o'rtoqlik o'yini uchun 200 ming evro olishadi. Bundan tashqari, chipta va yashash harajatlari ham Rossiya tomonidan qoplanadi. 

Ma'lumot uchun, Rossiya bungacha Qirg'iziston va Eron terma jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi. 

Avvalroq Rossiya terma jamoasi jahon chempionatidan, klublar esa evrokubok musobaqalaridan chetlatilgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Avaz