Rosenor: "Chelsi"da olti yil, hatto undan ham ko'proq ishlashni istayman, lekin..."

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026
So'nggi paytlarda "Chelsi" juda tez-tez murabbiy almashtirmoqda - kamida har ikki yilda bir marta.

Biroq "nafaqaxo'rlar"ning yangi ustozi Liam Rosenor klub unga uzoq muddat ishonch bildirishga umid qilmoqda.

"Chelsi" bosh murabbiyi jamoada Mikel Artetaning "Arsenal"dagi muddatidan ham ancha uzoqroq ishlashni istashini aytdi, ammo buning uchun g'alaba qozonish zarurligini ta'kidladi:

"Ha, men bu erda olti yil, hatto undan ham ko'proq ishlashni istayman. Lekin bunga erishish uchun g'alaba qozonish kerakligini tushunaman. Hammasi juda oddiy. Har bir klubning o'z loyihasi bor, futbolda "loyiha" degan so'z tez-tez ishlatiladi, ammo har qanday loyihaning mohiyati - har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinish.

Jamoa bir, ikki, uch yildan keyin qanday ko'rinishda bo'lishi kerakligi haqida tasavvurim bor. Shu bilan birga, hozirning o'zidayoq g'alaba qozonish uchun etarlicha resurs va vositalarim bor va men buni o'yinchilarga ochiq aytdim", – dedi Rosenor.

"Chelsi" ertaga, 14 yanvar kuni Angliya Liga Kubogi yarim finalida "Arsenal" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 01:00 ga belgilangan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com