Ronalduning "Atletiko" hamda "Rayo"ga qarshi o'ynashi so'roq ostida

Mirjalol Normatov
28 iyul 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'rtoqlik o'yiniga tashrif buyurdi.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, u yoshlar jamoasining "Reksxem"ga qarshi o'rtoqlik o'yinini tomosha qilishga borgan.

37 yoshli futbolchining "Yunayted"dagi taqdiri so'roq ostida. U mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmadi. Shuningdek, uning "Atletiko" va "Rayo Valekano"ga (30-31 iyul) qarshi bo'ladigan nazorat o'yinlarida ham ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News