"Ronalduga qarshi tanqidlar o'rinli, lekin bazilari ko'proq hasadga o'xshaydi" - Nesta

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 11:32
"Milan" sobiq futbolchisi Alessandro Nesta Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men uni hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilaman. Unga qarshi tanqidlar o'rinli, lekin bazilari shunchalik g'azabga to'laki, bu ko'proq hasadga o'xshaydi. Ronalduni juda hurmat qilaman, rostini aytsam, Jahon chempionati kuchsiz bo'lsa ham", – dedi Nesta.

Portugaliya JCH-2022da chorak finalgacha yetib borib, Marokashga yutqazdi (0:1). Ronaldu JCHda 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport