Ronaldu "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2021
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani yana bir yilga uzaytiradi va bu 2023 yil yoziga qadar davom etadi. Amaldagi kelishuv esa bir yildan keyin yakunlanadi.

36 yoshli futbolchi "Yuve"da 2018 yildan buyon o'ynamoqda. U Italiya klubi tarkibida 131 o'yinda qatnashib, 101 gol va 22 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport