Ronaldu yana ota bo'ladi va yana egizak farzand dunyoga kelishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
29 okt 2021
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu rafiqasi Jorjina Rodriges egizak farzand kutayotgani haqida xabar berdi.

“Egizaklarni kutayotganimizni e'lon qilishimdan xursandman. Qalbimiz mehrga to'la – sizlar bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, deya post joylagan sahifasiga portugaliyalik yulduz.

36 yoshli Ronaldu 4 farzandning otasi hisoblanadi. Kichik Krishtianu 2010 yil, egizaklar Eva va Mateo 2017 yil surrogat onadan tug'ilgan bo'lsa, xuddi shu yili uning turmush o'rtog'i Jorjina Alana Martinani dunyoga keltirgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia