Jorjina Ronaldu bilan to'yi haqida: "Do'stlarim bu borada har doim hazil qilishadi. Umuman olganda, bu menga bog'liq emas"

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025, 11:18
Model va Krishtianu Ronalduning mashuqasi Jorjina Rodrigesning ma'lum qilishicha, do'stlari uni futbolchiga qachon turmushga chiqishi haqida tez-tez so'rashadi.

"Do'stlarim har doim to'y masalasida hazillashadi. To'y qachon? Jennifer Lopesning "The Ring Or When" qo'shig'i chiqqanidan beri uni menga aytib berishadi. Umuman olganda, bu menga bog'liq jarayon emas", – dedi Jorjina.

Ronaldu, o'z navbatida, Jorjina bilan hayotlaridagi barcha holatlar ideal darajada bo'lgan paytni his qilganida, unga uylanishga tayyorligini aytdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail