Ronaldu UFC jangchisi bilan uchrashdi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018, 13:48
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv "Real Sosedad"ga qarshi o'tgan LaLiganing 23-tur bahsidan (5:2) so'ng bo'lib o'tdi. Ronaldu bu o'yinda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Nurmagomedov va Ronaldu sovg'a almashishdi.

"Ronaldu bu futbolkada xet-trik qayd etdi. Bu sovg'a kollekciyamda alohida joy egallaydi" - deb yozdi Xabib Nurmagomedov "Instagram"ga qo'ygan suratida.

Videoni Telegramdagi kanalimizdan ko'chirib oling: TELEGRAM

Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov o'tgan yili Toshkentga boshqa MMA jangchilari bilan tashrif buyurgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia