Ronaldu Rudi Garsiyaning klubdan ketishiga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
13 apr 2023
“Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rudi Garsiyaning klub bosh murabbiyligidan ketganiga munosabat bildirdi.

“Siz bilan ishlash juda yoqimli edi. Kelajakda sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, - deb yozadi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Oldinroq Ronaldu Garsiya va uning boshchiligida "Al Nassr" ko'rsatayotgan o'yinidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, Garsiyaning iste'foga chiqishiga portugaliyalik futbolchining ta’siri borligi aytib o'tilgandi.

Mutaxassis “Al Nassr”ni 2022 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. 23-turdan keyin 53 ochko jamg'argan klub Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida “Al Ittihod”dan 3 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/cristiano