Ronaldu: "Portugaliya Yevropa va jahon chempionatini yutishi mumkin"

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasi haqida gapirdi.

"Portugaliya terma jamoasida ajoyib murabbiy va tajriba orttirayotgan yosh futbolchilar bor. Biz Yevropa va jahon chempioni bo'lishimiz mumkin. Bu uchun kurashamiz", – dedi 35 yoshli forvard Globe Soccer Awards mukofotining taqdirlash marosimida.

Yevropaning amaldagi chempioni JCH-2022ning saralashida Serbiya, Irlandiya, Lyuksemburg va Ozarbayjon bilan kurash olib boradi.


Manba: A Bola