

Bugun, 3 yanvar kuni tushdan keyin u “Al-Nassr” bazasida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Toshkent vaqti bilan 21:00 da “Mrsul-park” stadionida 37 yoshli yulduzni muxlislarga tanishtirish marosimi bo'lib o'tadi va unda 30 mingga yaqin tomoshabin qatnashish kutilmoqda. Tadbir davomiyligi 2 soatni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, marosimga “Al-Nassr”ning ko'plab afsonalari va nufuzli mehmonlar taklif etilgan.







