Ronaldu Maldinidan o'zib ketdi. Kasilyasgacha 13 o'yin qoldi

YCHL guruh bosqichidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuv "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun evrokuboklardagi 175-bahsga aylandi.

Portugaliyalik futbolchi bu borada "Milan" afsonasi Paolo Maldinidan o'zib ketdi. Maldinining hisobida 174 uchrashuv bor edi.

Eslatib o'tamiz, evrokuboklarda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi "Real" va "Portu" klublarining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas(188 o'yin) hisoblanadi.


Manba: sports.ru