Ronaldu: "Futbolchilar FIFA haqida emas, musiqa, ayollar, moda va soch turmaklari haqida gaplashishadi"
Aslanov Jasurbek
5 avg 2015, 11:17
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu amerikalik jurnalist Andres Oppengeymerning shousida FIFA haqidagi savolga yana boshqacha fikr bildirdi.
Ronaldu oldinroq FIFA va Qatarga tupirgani haqida aytgan edi.
"FIFAdagi mojaro meni havotirga solmaydi. Futbolchilar bu haqida so'zlashmaydi. Biz musiqa, ayollar, moda, qimmatbaho narsalar va soch turmaklari haqida suhbatlashamiz" - deydi Ronaldu.