Ronaldu "Brayton" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 18-turi doirasidagi "Brayton" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida gapirdi.

"Biz yana yo'lga tushib oldik. Hech kim taslim bo'lmaydi, g'alabali yo'lga qaytishning birgina yo'li bor: mashaqqatli mehnat, jamoaviy ish va unga jiddiy yondashish. Qolgan hammasi – shunchaki shovqin. Olg'a, "iblislar!", – deb yozdi Ronaldu Twitter'da.

Portugaliyalik joriy mavsumda 27 ta o'yinda 15 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano