

Uchrashuvdagi barcha gollarni o'z hisobiga Krishtianu Ronaldu yozdirib qo'ydi. 38 yoshli portugaliyalik faoliyatidagi 62-xet-trigini qayd etdi. U mazkur natija bo'yicha faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida yetakchiligini mustahkamladi. Ronalduning eng yaqin taqibchisi Lionel Messi hisobida esa 56 ta xet-trik bor.
Avvalroq, Ronaldu S.Arabistoni birinchiligi joriy mavsum to'purarlari ro'yxatida kuchli to'rtlikka ko'tarilgani haqida xabar bergandik.



