Ronaldu 30 yoshdan keyin urgan gollar sonini 400 taga etkazib oldi

Nozimov Nig'monxo'ja
5 noya 2023
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 12-tur Al Nassr va Al Halij jamoalari to'qnash keldi va 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Al Nacsrning o'yindagi ilk goliga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Bu 38 yoshli forvardning 30 yoshga to'lganidan beri urgan 400-goli bo'ldi. Umuman olganda, Ronaldu butun faoliyati davomida 863 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida Krishtianu Al Nacsr safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Portugaliyalik futbolchi liganing ayni vaqtdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com