Ronaldo kibersport klubining egalaridan biriga aylandi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017
Braziliya terma jamoasi va "Real" sobiq hujumchisi Ronaldo "CNB e-Sports" kibersport klubi akciyalarining bir qismini sotib oldi.

Bu haqda Ronaldo o'zining "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasida e'lon qildi.

"Kibersport hozirgi davrda dunyo miqiyosiga chiqdi" - deydi Ronaldo.

Ronaldo va yana bir necha kishi jamoaning 50% akciyalariga egalik qiladi, qolgan yarmi esa tashkilot homiylari aka-uka Karlos va Kleber Juniorlarga tegishli.

CNB jamoasida League of Legends o'yini bo'yicha tarkibga ega.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia