Ronaldo: “Braziliyaga qarshi o'yinda raqiblar himoyaga katta e'tibor qaratishadi”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo “pentakampeonlar”ning Serbiyaga qarshi kechgan o'yini haqida fikr bildirdi.
Luis Felipe Skolari shogirdlari uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi, ammo ularning o'yindan ko'ngli to'lmadi.

“Bu uchrashuv juda qiyin bo'ldi. Raqib himoyaga katta e'tibor bergani bilinib turdi. Bizning jamoamiz Jahon chempionatida ko'p bora mana shunday muammoga duch keladi. Lekin har qanday holatda ham, men Braziliya o'yiniga optimal qarayman”, - deydi Ronaldo “O Globo”ga bergan intevyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com