

Buni "Manas" xalqaro aeroportidagi manbalar 24.kg agentligiga tasdiqladi.
Bazi ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldinyo "soliqlarni to'lamagani uchun" Braziliyadan qo'yib yuborilmagan. Futbolchi bugun soat 12.55 da "Manas" aeroportiga qo'ngan reys yo'lovchilari ro'yxatida yo'q.
Avvalroq "Barselona" futbol klubi prezidenti Joan Laporta afsonaviy futbolchi Ronaldinyo Qirg'iz Respublikasiga uchib kelishini aytgandi. Qirg'iz Respublikasida "Barsa" futbol akademiyasi ochilishi tashabbuskorlaridan biri, "JalGrupp Aziya" jamoat fondi rahbari Aybek Alibaev ham Ronaldinyo ertaga Bishkekka etib kelishiga ishontirgandi.
Eslatib o'tamiz, xorijiy OAV firibgarlik ishi bo'yicha sud majlislariga kelmagani uchun 2005 yilgi "Oltin to'p" sohibiga Braziliyani tark etish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi.



