Ronaldinyo Misr chempionatida ishtirok etadi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014
Misrning “Zamalek” klubi prezidenti Mortada Mansur, mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldinyo uning klubida to'p tepishga rozi bo'lganini e'lon qildi.
Mansurning so'zlariga ko'ra, u futbolchining agenti bilan ijobiy muzokaralar o'tkazdi.

“Ha, bizning u bilan kelishuvimiz bor. Ronaldinyo jamoamizda to'p tepishi uchun, uning agenti bilan barcha narsani kelishib oldik. Biz Ronaldinyoning futbolkasi savdosidan yaxshigina foyda olishimiz mumkin. “Zamalek”ning muxlislari baxtli bo'lishini xohlayman” – deydi Mansur.

34 yoshli futbolchining so'nggi klubi Braziliyaning “Atletiko Mineyro”si edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com