Ronaldinyo Messining Amerika Kubogidagi g'alabasiga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2021
Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Ronaldinyo Lionel Messining Argentina bilan qo'lga kiritgan Amerika Kubogidagi yutug'i haqida so'z ochdi.

"Men Braziliyaning mag'lubiyatidan qattiq xafa bo'ldim, ammo Leo uchun xursandman. Bu unga etishmayotgan yagona narsa edi. Do'stlarimni xursand ko'rishdan baxtiyorman.

Biz Leo bilan har kuni suhbatlashmaymiz, lekin imkon qadar tez-tez gaplashib turamiz. Biz bir-birimizni juda hurmat qilamiz", – dedi braziliyalik.

Eslatib o'tamiz, ushbu yutuq Messining Argentina bilan erishgan dastlabki sovrinidir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport