Romelu Lukaku "Inter"ga o'tishini yakunlash uchun Milanga uchib keldi

Alisher
29 iyun 2022
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku Milanga keldi.

29 yoshli belgiyalik Italiya vaqti bilan 6.30da qo'ndi.

"Bu erda yana bo'lishdan juda ham mamnunman", - dedi forvard.

Bugun, 29 iyunda futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi va "Inter"ga o'tishini yakunlashi kerak. Oldinroq xabar berilganidek, klub hujumchini "Chelsi" 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga oladi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport