Roman Vaydenfeller: "Biz mag'lubiyatga loyiq emasdik"
Narzulla Saydullayev
7 noya 2013
"Borussiya" darvozaboni Roman Vaydenfeller YCHL 4-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng (0:1) natija adolatli bo'lmagan deb hisoblaydi.
"Futbol bazida shafqatsizdir. Gol o'tkazib yuborganimiz biz uchun kutilmagan holat bo'ldi, ammo o'yin vaqtida bizda gol urish uchun imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi, shu bois mag'lubiyatga loyiq emasdik", - deydi Vaydenfeller UEFA rasmiy saytiga.