Roman Eryomenko 2 yilga futboldan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2016
SSKA va Finlyandiya terma jamoasi futbolchisi Roman Eryomenko 2 yilga futboldan chetlatildi.

Bu haqda UEFAning rus tilidagi "Tvitter" akkaunti e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Bayer" - SSKA uchrashuvidan (2:2) so'ng olingan doping-test natijalariga ko'ra Eryomenko qonida kokain aniqlandi. O'sha bahsda Roman o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan edi.

Diskvalifikaciya muddati 2016 yilning 6 oktyabridan 2018 yilning 6 oktyabrigacha davom etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia