"Roma" "Sassuolo"ga qarshi Afg'onistonni qo'llab-quvvatlovchi maxsus libosda o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 20:23
"Roma" futbolchilari "Sassuolo"ga qarshi uchrashuvda Afg'oniston xalqini qo'llab-quvvatlash uchun maxsus liboslarda chiqishadi.

Formada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar oliy komissarligi logotipi tushirilgan maxsus belgi bo'ladi.

Uchrashuvdan so'ng libos xayriya aukcionida sotiladi va tushgan tushumning hammasi BMT Qochqinlarni qo'llab-quvvatlash va Afg'oniston xalqiga yordam berish uchun o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: asroma.com