"Roma" sardori uchun "Yuventus" va "Inter" klublari davogarlik qilmoqda

13 noya 2019, 23:52
Rimning "Roma" klubi sardori Alessandro Florenci qishgi transfer mavsumida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Yuventus" 28 yoshli o'ng qanot himoyachisi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Shuningdek, italiyalik futbolchi "Inter", "Sampdoriya" va "Kalyari" klublarining qiziqishlariga sabab bo'lgan. Rim klubi yozda Florencini sotishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Alessandro "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan buyon "Bo'rilar"ning asosiy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.


Manba: Calciomercato