"Roma" Sanchesni ijaraga olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 may 2020
"Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan, "Inter"da ijara asosida to'p tepayotgan Aleksis Sanches Italiyada qolishi mumkin.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, "Roma" o'tgan yozdan buyon chililik futbolchiga qiziqib keladi.

Takidlanishicha, rimliklar 31 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan ijaraga oladi.

Aleksis Sanches ushbu mavsumda "Inter" uchun A Seriyada 9 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com