"Manchester Yunayted", PSJ, "Yuventus" va "Inter" Rayolaning yosh mijoziga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
31 may 2020
"Roma" va Italiya U19 terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafori klubini o'zgartirishi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, unga "Manchester Yunayted", "Inter", "Yuventus" va PSJ qiziqish bildirmoqda.

18 yoshli futbolchi rimliklar safida o'ynashni xohlaydi, ammo poytaxt klubi o'z iqtisodiy holatini yaxshilash uchun uni sotishi mumkin.

Hozirgi vaqtda "Roma" u va uning agenti Mino Rayola bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokara olib bormayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport