"Roma" Salaxni 46 mln. evro evaziga "Liverpul"ga sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2017
"Roma" Muhammad Salaxni "Liverpul"ga 40 mln. funt (46 mln. evro) evaziga sotishga tayyor.

Oldinroq rimliklar "Liverpul"ning ilk taklifini rad etgan edi. Mersisaydliklar Salax uchun 29,7 mln. funt to'lashga tayyor edilar, ammo "Roma" bu mablag'ni kam deb hisobladi.

Shu bilan birga, Salax ingliz jamoasi bilan kelishib olgani haqida e'lon qilindi.

Yakunlangan mavsumda Salax A Seriyaning 31 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail