"Roma" Lukakuni to'liq sotib olishni istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2023, 11:32
Hujumchi Romelu Lukaku "Roma" safida mavsum oxirigacha ijarada to'p tepmoqda va uning transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli.

Keyingi yil yozda, ijara muddati yakunlangach, Rim klubi belgiyalikni to'liq sotib olishni xohlamoqda. Qishki transfer oynasidan keyin italiyaliklar "Chelsi" bilan muzokaralarga kirishishni rejalashtirmoqda


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive