"Roma" futbolchisi "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020, 10:58
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perrotti faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga "Shabab Al-Ahli" jamoasidan qiziqishlar bo'lmoqda. Shuningdek, "Sampdoriya" futbolchisi Gaston Ramires "Al Ayn"ga o'tishi mumkin. Transferlar yozda amalga oshishi kutilmoqda.

32 yoshli Perrotti ushbu mavsumda 19 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi, Ramires esa 24 uchrashuvda 7 gol va 2 assistni hisobiga yozib qo'ygan.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHLning 1-turida "Shabab Al Ahli" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Jamoa tarkibida o'zbekistonlik Aziz G'aniev faoliyat olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia