"Roma" "Arsenal" xavbekini 10 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
4 yanv 2022
"Roma" "Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytland-Nayls bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi 24 yoshli angliyalik futbolchi 10 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

Rimliklar ayni damda bu taklifga "kanonirlar"ning javobini kutmoqda.

Meytland-Nayls 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano