Roke "Barsa"ga o'tishi haqida: "Orzu ushaldi, juda ham xursandman. O'qishga va gollar urishga harakat qilaman"

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023
Vitor Roke "Barselona" ixtiyoriga borib qo'shilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Katta rahmat. Hayotimda sodir bo'lgan barchasidan juda baxtliman.

Orzuim ushaldi. Endilikda jamoaning har bir o'yinchisidan o'rganishga, zavq olishga va "Barselona" uchun gollar urishga harakat qilaman", – deydi hujumchi.

Roke bugun Barselonaga uchib keldi. Eslatib o'tamiz, u jamoaga oldin rejalashtirilganidek yozda emas, qishda qo'shiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona_es