

Roy Rok jarohati bois "Bunyodkor" bilan o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ldi. Uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlashi aniq bo'lgan Roy Rok chigalyozdi mashg'ulot paytida kutilmaganda jarohat olib maydonga tusha olmadi.
Biz shu ondayoq futbolchiga murojaat etdik:
"Uchrashuvni tomoshabinlar qatorida o'tkazaman. Jarohatim qanchalik jiddiy ekanligini rosti bilmayman. Kayfiyatim buzildi. Shunday muhim uchrashuvda jamoamga yordam bermoqchi edim. Endi barchasi tashxisdan so'ng ma'lum bo'ladi", - deydi sloveniyalik himoyachi Roy Rok.



