Rodrigo muddatidan avval maydonga qaytadi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2024, 19:57
9 noyabr kuni La Liganing 13-turida "Osasuna"ga qarshi o'yinda (4:0) jarohat olgan "Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigo Silva jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.

Futbolchi maydonga kutilganidan erta qaytishga tayyor.

Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 15 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. 

Avvalroq FIFA 23 yoshli vingerni 2024 yilning eng yaxshi hujumchisi nomi uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano