Rodri: "Biz Judning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
9 apr 2024
Xabaringiz bor, bugun tunda UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida "Manchester Siti" safarda "Real"ga qarshi maydonga tushadi.

"Shaharliklar" yarim himoyachisi Rodri uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bugungi "Real Madrid" o'tgan mavsumdagidan keskin farq qiladi. Ertaga ko'p narsa hal bo'lishiga ishonmayman, barchasi javob bahsida aniqlanadi.

Yaxshi sport formasida bo'lmasa ham "Real" baribir Chempionlar Ligasi favoritlaridan biri bo'lib qolaveradi. Bugun biz o'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz zarur, bu o'ta muhim. 

Gvardiola va Anchelotti - bu so'nggi yillarning ikki eng muvaffaqiyatli murabbiyi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: As