Robertson: "Messiga qarshi o'yinlar eng qiyinlari bo'lgan, uning APLga yaqin kelmasligiga umid qilaman"

Alisher
4 sen 2020
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson "Barselona" hujumchisi Lionel Messining APL klubiga o'tishi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchiga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Umid qilamanki, bu ro'y bermaydi. Tushunishimcha, "Liverpul" Leoning transferini amalga oshirishi istisno. Shu sabab uning APLdan uzoqroq bo'lishiga umid qilaman. Men ikki bor Messiga qarshi o'ynaganman va bu faoliyatimdagi eng qiyin o'yinlar bo'lgan.

Xudbinlik nuqtayi nazaridan Messining "Barselona"da qolishiga umid qilaman. Ammo u bizning ligamizga o'tsa, Leoning juda ham sifatli o'ynashiga ishonchim komil", - deydi Robertson.



AlisherMuallif
Manba: Goal