Roberto Di Matteo: "Chelsi" guruhimiz favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2014, 20:18
Shalke-04 bosh murabbiyi Roberto Di Matteo sobiq jamoasi Chelsiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Agar to'g'risini aytsam, 2012 yilda Myunxenda bo'lib o'tgan final haqda o'ylamayman. Faqat oldinga qarayman. Ammo, ko'pchilik menga ushbu o'yin haqda eslatmoqda.
"Chelsi"da ko'p vaqtimni o'tkazganman. U yerdagilar haqida faqat va faqat iliq fikrlar aytishim mumkin. Lekin, ushbu iliq munosabatlar jamoalarning o'yiniga ta’sir ko'rsatmaydi. Futbol atrofidagi gaplarga e'tibor bermayman.
O'z o'zidan ma'lumki, "Chelsi" guruh favoriti hisoblanadi. Lekin, biz ham pley-offga yo'llanma ola bilamiz. Hozircha hech narsa aniq emas", - deydi italiyalik murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru