Roberto Di Matteo: Biroz dam olishga qaror qilgandim

Aziz Tukhtamuradov
23 mar 2014, 21:43
Chelsi jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo biroz tanaffusdan so'ng yana faoliyatini davom ettirishga tayyorligini aytib o'tdi.

Ushbu tanaffus men uchun oilamga vaqt ajratishga katta yordam berdi. Bu men uchun judayam muhim edi. Chunki biz bir-birimizni so'nggi besh yilda deyarli ko'rmagan edik.

Ko'p jamoalar tomonidan takliflar bildirilgani meni judayam hursand qildi. Lekin, men bir oz dam olishga qaror qilgandim.

Ayni paytda faoliyatimni qayerda davom ettirishim noma'lum. Men uchun klubning maqsadlari, rahbariyat tomonidan qo'yilayotgan vazifalari muhim axamiyat kasb etadi, – deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru