Roberto "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti

Alisher
23 apr 2022
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Roberto Kataloniya klubining shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini o'ylab ko'rmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati yozda shartnomasi yakunlanadigan o'z tarbiyalanuvchisiga shartnoma tayyorladi.

Ammo, futbolchining o'zi agenti bilan yangi bitimning tafsilotlarini muhokama qilish uchun pauza oldi.

30 yoshli ispan joriy mavsum "Barsa" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo