Rober Pires: “Arsenal”ga ingliz futbolchilari zarur”

“Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi Rober Pires London klubi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoaga kuchli, aqlli, texnik jihatdan mukammal, yetakchilik qobiliyatiga ega va albatta ingliz futbolchilari lozim. Bizga angliyaliklar shuning uchun kerakki, hech kim ularchalik bu joyning mentalitetini tushunmaydi.

Hozir davr boshqa. Men vaqtida Devid Simen, Li Dikson, Toni Adams, Martin Kioun, Eshli Koul, Rey Parlor bilan birga to'p tepganman. Aynan ular kabi yigitlar zarur “Arsenal”ga.  

Albatta, men jamoaning hozirgi falsafasini hurmat qilaman. Ammo bu APL. Bu erda har hafta qiyin bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Emeri jamoa bilan har qachongidanda ko'proq muloqotda bo'lib, muammoga birgalikda echim topishi lozim. O'ylashimcha, ular bu ishning uddasidan chiqishadi. Unai yaxshi inson va murabbiy. Ammo hozir u bosim ostida. Muxlislar muammoning mayda detallariga e'tibor berishmaydi. Murabbiylik oson ish emas, ayniqsa APLda.

 Angliyada boshqa davlatlar – Ispaniya, Fransiya, Italiya bilan solishtirganda intensivlik o'zgacha. Bu erda ko'p narsa jasurlik, kurashchanlikdan iborat. Bu esa hech bir jamoaga oson emas”, dedi Pires The Athletic nashriga bergan intervyusida.



Manba: The Athletic