"River Pleyt" prezidenti: "Messi o'z goli uchun uzr so'radi, ahmoqlar esa hamma joyda bor"
Aslanov Jasurbek
21 dek 2015, 16:41
"River Pleyt" prezidenti Rodolfo D'Onofrio Tokio aeroportida jamoa muxlislari "Barselona" futbolchilarini haqorat qilganiga izoh berdi.
"Ahmoqlar hamma joyda topiladi. Messi haqiqiy jentelmen. U gol urdi va qo'llarini ko'tarib uzr so'radi. Leo menga bir paytlar "River Pleyt"ga o'tishga juda yaqin kelganini aytib berdi" - deydi D'Onofrio.