“River Pleyt” fanatlari raqib avtobusiga hujum qilishdi. O'yin qoldirildi

25 noya 2018, 08:19
Libertadores kubogi finalining javob uchrashuvi doirasida o'tkazilishi lozim bo'lgan “River Pleyt” va “Boka Xuniors” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bir kunga kechiktirildi.

Uchrashuvni o'tkazish uchun stadionga yetib kelgan “Boka Xuniors” avtobusiga “River” fanatlari hujum uyushtirishdi. Natijada raqib jamoa avtobusining dabdalasi chiqqan. 

Policiya vakillari olomonni tinchlantirish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, avtobusning singan oynasi oraqila gaz avtobus saloniga kirgan va “Boka Xunior”ning bir qator futbolchilari o'zlarini noxush his qilishgan.

Har ikkala jamoa prezidentlari o'yinni o'tkazish masalasini muhokama qilishgan. Natijada o'yinning boshlanisha vaqti ikki marta kechiktirilgan. Ammo keyinchalik o'yin roppa rosa bir kundan keyin o'tkazilishi borasida bir to'xtamga kelishgan.

Eslatib o'tamiz, “River Pleyt” va “Boka Xuniors” o'rtasida final bellashuvning ilk o'yinida 2:2 hisobi qayd etilgan.


Manba: As