Richards, Kompani, Klishi va Silva "Stok Siti"ga qarshi o'ynay olishmaydi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini APL 4-turidan o'rin olgan "Stok Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydigan futbolchilar nomini e'lon qildi.
"Keyingi o'yinda Mika Richards, Gael Klishi, Vensan Kompani va David Silva maydonga tushishmaydi. Kompani jarohatidan qutuldi, ammo u hali to'la tayyor emas. Silvaning jarohati qay darajada ekani keyingi haftada ma'lum bo'ladi", – deydi Pellegrini klub rasmiy tvitteriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru