Riberi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin. Unga 3ta arab jamoasi qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
4 may 2019
“Bavariya” yarimhimoyachisi Frank Riberi kelayotgan yozda jamoani tark etadi.

Euro United'ning ma'lum qilishicha, futbolchi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin. Hozirda Riberiga Qatarning "Al-Sadd" va "Al-Duxayl" hamda S.Arabistonining "Al-Nasr" klublari qiziqish bildirmoqda.

36 yoshli futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bora ishgol etgan holda 3ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Euro United