RFIning Osiyoga o'tishi 30 dekabr kuni muhokama qilinadi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2022, 21:39
Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo'mitasining Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) o'tish imkoniyatini muhokama qiladigan yig'ilishi kelasi juma, 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Qayd etilishicha, Rossiya futbolining taqdiri bo'yicha qaror joriy yil yakuniga qadar qabul qilinishi kerak.

Ayni damda Rossiya futbol ittifoqi UEFA sankciyalari ostida, shu bois mamlakat klublari evrokuboklarda qatnasholmaydi. O'z navbatida, Rossiya terma jamoasi hozircha faqat o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi mumkin, ammo ularga istalgan jamoa ham rozilik bildirmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: РБ Спорт