Reyndjers Shotlandiya premer-ligasiga qaytdi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2016
Reyndjers klubi 33ta o'yindan 80 ochko to'plab muddatdan avval Shotlandiya premer-ligasiga qaytdi.

Mamlakatning eng sovrindor klubi 2011/12 yildan buyon premer-ligada o'ynamay kelayotgandi. O'sha mavsum so'nggida Shotlandiya futbol Assotsiatsiyasi va Shotlandiya premer-liga qaroriga ko'ra Reyndjers moliyaviy muammolar tufayli ikkinchi ligaga tushirib yuborilgan edi.

2014/15 yilgi mavsum so'nggida Reyndjers premer-ligaga chiqish uchun o'yinda Moteruellga yutqazib qo'ygandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: eurosport.co.uk